Xalqaro futbol uyushmasi FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrin taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Bunga qadar FIFA va France Football nashrlari birlashib, «Oltin to‘p» marosimini o‘tkazib kelar, unda yilning eng yaxshi futbolchisi uchun milliy terma jamoa murabbiylari va sardorlari ovoz berib kelardi.
2016 yilga kelib esa France Football o‘zi asos solgan sovrinni FIFAdan alohida o‘tkazishga qaror qildi va jahonning etakchi nashrlari hamda jurnalistlari yordamida g‘olibni aniqladi. Unga ko‘ra Krishtianu Ronaldu faoliyati davomidagi to‘rtinchi «Oltin to‘p» bilan taqdirlandi.
Shu tariqa FIFA tashkilot talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisini o‘zi aniqlaydigan bo‘ldi. Bu borada FIFA «Oltin to‘p» bilan raqobatlasha oladigan sovrin o‘ylab topishi kerak edi. Topildi: The Best.
O‘zbek tiliga «Eng zo‘r» deb tarjima qilinadigan sovrin birinchi bo‘lib kimga nasib qilishi ma’lum emas. Bu borada FIFA terma jamoa murabbiylari va sardorlarining ovoziga suyanishda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?