12:23 / 19.04.2015
6 063

“Real” “Malaga” ustidan g‘alaba qozonib, “Barselona” bilan 2 ochko farqini saqlab qoldi

“Real” “Malaga” ustidan g‘alaba qozonib, “Barselona” bilan 2 ochko farqini saqlab qoldi

Ispaniya La Ligasining 32 turi doirasida Madridning “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazilgan “Real” va “Malaga” o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi, deb yozadi Kun.uz.
Birinchi taymning o‘rtalarida Serxio Ramos hisobni ochdi. 67-daqiqada Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi, ammo ikki daqiqadan so‘ng Xames Rodriges to‘plar farqini ikkitaga etkazdi.

71-daqiqada Xuanmi “Malaga”ning yagona to‘pini kiritib, farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda Ronaldu yana bir gol urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
32 o‘yindan so‘ng “Real” 76 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Turnirni boshqarayotgan “Barselona” hisobida 78 ochko bor. “Malaga” esa 46 ochko bilan 7-o‘rinni band qilib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” “Malaga” ustidan g‘alaba qozonib, “Barselona” bilan 2 ochko farqini saqlab qoldi