16:02 / 08.01.2017
5 625

O‘zbekiston terma jamoasining asosiy raqibi bosh murabbiyi iste’foga chiqishga qaror qildi

O‘zbekiston terma jamoasining asosiy raqibi bosh murabbiyi iste’foga chiqishga qaror qildi

Eron termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush egallab turgan lavozimini tark etishga qaror qildi. Bu haqda mutaxassis Facebook’dagi sahifasidagi ma’lumotga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.

«Do‘stlar, federasiya prezidenti bilan 5 soatlik suhbatdan so‘ng terma jamoadan ketish haqida ariza yozdim. Terma jamoaning JCh–2018 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik rejasini amalga oshirish uchun hech qanday sharoitning yo‘qligi, federasiyaga qarshi bo‘lganlar sonining ko‘pligi, terma jamoa g‘alabasini o‘ylamaydigan sport agentlari borligi shunday qarorga kelishimga sabab bo‘ldi.

Mag‘lubiyatsiz o‘tgan bir yil, JCh–2018 saralashi 3-bosqichida guruhda 1-o‘rinda borayotganimiz, FIFA reytingida Eron Osiyoning eng kuchli jamoasi bo‘lib turganimizga qaramasdan Eron futbol federasiyasi tayyorgarlik rejasini amalga oshirish uchun hech qanday sharoiti va vakolati yo‘qligini aytmoqda» - deb yozgan Karlush Keyrush.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Eron terma jamoasi JCh-2018 saralash guruhida 11 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston terma jamoasi esa 9 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasining asosiy raqibi bosh murabbiyi iste’foga chiqishga qaror qildi