15:56 / 19.04.2015
5 703

Ronaldu golli pas uzatish bo‘yicha o‘z shaxsiy rekordini yangiladi

Ronaldu golli pas uzatish bo‘yicha o‘z shaxsiy rekordini yangiladi

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 18 aprel kuni “Malaga”ga qarshi o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, bu uning joriy mavsumdagi 13 hamda 14 marta golli pas berishi bo‘ldi. Natijada u mavsum davomida ko‘p pas berish bo‘yicha o‘z shaxsiy rekordini yangiladi, deb yozadi Kun.uz.

Bungacha u o‘z faoliyati davomida, Portugaliyada ham, Angliyada ham, Ispaniyada ham bir yil davomida 12 tadan ko‘p golli uzatmani amalga oshirmagandi.

Portugaliyalik hujumchining shu vaqtgacha bu boradagi eng yaxshi natijasi 2011-2012 yillar mavsumida qayd etilgan, o‘shanda u 46ta gol va 12ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Joriy mavsum yakunlanishiga 1 oydan ko‘proq vaqt qolganida esa, uning hisobida 39ta gol va 14ta golli uzatma yozilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu golli pas uzatish bo‘yicha o‘z shaxsiy rekordini yangiladi