«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ta’sis etilgan mukofotni qabul qilib olganidan keyin nutq so‘zladi.
«Men uchun ovoz berganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirishni istayman: muxlislar, terma jamoa sardorlari va jurnalistlar. Rahmat sizlarga.
Men FIFA mukofotini ilk marta olayotganim yo‘q, ammo bu birinchi The Best. Men birinchi navbatda «Real»ga va jamoamiz murabbiyiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men uchun qilgan ishlaringiz uchun rahmat. Shuningdek, oilam, akalarim, onam, klub xodimlariga rahmat aytaman.
2016 yil faoliyatimdagi eng yaxshi yil bo‘ldi. Men o‘tgan yilni hech qachon unutmayman. Juda baxtiyorman, barchadan minnatdorman.
Afsuski, bunday pallada «Barselona» futbolchilari biz bilan birga emas, ammo ularni to‘g‘ri tushunish mumkin», – degan Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, FIFA marosimiga taklif etilgan «Barselona» futbolchilari marosimga kelmaslikni ma’qul ko‘rdi. Lionel Messi, Jerar Pike, Luis Suares va Andres Inesta yil ramziy terma jamoasiga kiritilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi