11:37 / 20.04.2015
6 638

“Aston Villa” “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya kubogi finaliga chiqdi

“Aston Villa” “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya kubogi finaliga chiqdi

Angliya kubogi yarimfinalida “Aston Villa” klubi “Liverpul”ni mag‘lub etdi. Uemblida kechgan uchrashuvda 2:1 hisobi qayd etildi, deb yozadi Kun.uz.

O‘yinda dastlab, 30-daqiqada Koutino gol urib, “qizillar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, keyingi daqiqalar davomida Benteke (36) va Delf tomonidan kiritilgan gollar Tim Shervud shogirlariga g‘alaba keltirdi.

Endi “Aston Villa” 30 may kuni finalda “Arsenal” bilan uchrashadi. “Kanonirlar qo‘shimcha vaqtda “Reding”ni 2:1 hisobida mag‘lub etishgan edi.

Angliya kubogi. 1/2 final
Aston Villa – Liverpul – 2:1

Gollar: Koutino, 30 (0:1); Benteke, 36 (1:1); Delf, 54 (2:1).
Aston Villa – Given, Bakuna, Vlar, Beyker (Okore, 26), Richardson, Grilish (Koul, 84), Vestvud, Kleverli, Delf, Nzogbiya (Sinkleyr, 75), Benteke.
Liverpul – Minole, Shkrtel, Lovren, Moreno (Lambert, 90), Sterling, Xenderson, Koutino, Allen (Jonson, 78), Markovich (Balotelli, 46), Jerrard, Jan.
Ogohlantirish: Delf.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Aston Villa” “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya kubogi finaliga chiqdi