10:02 / 29.04.2015
6 000

“Barselona” La-liganing 34-turi uchrashuvida “Xetafe” darvozasiga 6ta javobsiz gol yo‘lladi

“Barselona” La-liganing 34-turi uchrashuvida “Xetafe” darvozasiga 6ta javobsiz gol yo‘lladi

“Barselona” klubi Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida “Xetafe”ni qabul qildi va 6:0 hisobida g‘alabaga erishdi, deb yozadi Kun.uz.

Uchrashuvda ilk golni Lionel Messi 9-daqiqada penaltidan kiritdi. Shundan so‘ng birinchi bo‘lim oxiriga qadar Suares ikki marta gol urgan bo‘lsa, Xavi va Neymar bir martadan raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi.

Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar u qadar samaraga erisha olmadilar. 47-daqiqada Lionel Messi jamoasining oltinchi va o‘zining ikkinchi golini kiritdi. O‘yinda hisob o‘zgarmadi va bu g‘alabadan keyin “Barselona” hisobidagi ochkolar soni 84taga etgan. Turnir yakunlanishiga 4tur qolganida jamoa o‘zining eng asosiy ta’qibchisi “Real”dan 5 ochkoga o‘zib ketgan. “Real” 34-tur doirasidagi o‘yinini bugun, “Almeriya”ga qarshi o‘tkazadi.

Barselona – Xetafe 6:0
Gollar:1:0 – 9, penalti Messi, 2:0 – 25 Suares, 3:0 – 28 Neymar, 4:0 – 30 Xavi, 5:0 – 40 Suares, 6:0 – 47 Messi.
Barselona – Bravo, Dani Alves (Montoyya, 68), Bartra, Mate, Adriano, Xavi (Pedro, 59), Buskets (Roberto, 46), Rafinya, Neymar, Messi, Suares.
Xetafe – Guaita, Lago, Arroyo, Ruano, Velaskes, Buendia, Rodriges (Felip, 65), Leon (Eskudero, 76), Inestrosa, Lasen, Baba (Lopes Alvares, 49).
Ogohlantirishlar: yo‘q

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” La-liganing 34-turi uchrashuvida “Xetafe” darvozasiga 6ta javobsiz gol yo‘lladi