“Real” jamoasining sobiq hujumchisi Raul Gonsales o‘zi kimlarni eng yaxshi futbolchilar sifatida bilishini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
Uning fikricha, Paolo Maldini eng yaxshi himoyachi bo‘lgandi.
“Paolo aqlli va kuchli futbolchi edi. Unga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan. Menimcha, u dunyo tarixidagi eng zo‘r himoyachi bo‘lgandi. Uning o‘yinga munosabati ham butkul o‘zgacha edi.
Eng yaxshi darvozabon esa Oliver Kan. U EChL o‘yinlarida ikki barobar kuchli bo‘lib ketardi.
Menga qarshi o‘ynagan eng yaxshi o‘yinchi esa Lionel Messi hisoblanadi. Men “Real”da Zidan, Ronaldo, Figu va Krishtianu kabi juda kuchli hujumkor futbolchilar bilan o‘ynaganman. Ammo Messi boshqacharoq. U uddalab bo‘lmasdek ko‘rinadigan harakatlarni amalga oshiradi. Agar uning o‘yiniga nazar solsangiz, u o‘zini ko‘chada do‘stlari bilan to‘p tepayotgandek erkin his qilishini ko‘rasiz. O‘z davrida Roberto Bajjo va Rayan Giggz shunday o‘ynardi”, deydi Raul AS nashriga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?