14:26 / 14.05.2015
5 617

Aleksandr Geynrix Qozog‘istondan chiqarib yuborilishiga bir baxya qoldi

Aleksandr Geynrix Qozog‘istondan chiqarib yuborilishiga bir baxya qoldi

O‘zbekiston terma jamoasi va Chimkentning “O‘rdaboshi” klubi futbolchisi Aleksandr Geynrix Ostona aeroportida qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda Informburo.kz portali'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Aytilishicha, 7 may kuni Geynrix, vizasining muddati tugaganiga qaramay, Moskvaga uchib ketishga harakat qilgan paytda chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan. Dastlab uni mamlakat hududidan chiqarib yubormoqchi bo‘lgan, ammo uning futbolchi ekanligini hisobga olib, jarima bilan cheklanishga qaror qilingan.

Ta’kidlanishicha, futbol klublarining aksariyatida o‘yinchilarning pasport va migrasiya tartiblariga rioya qilishi jamoaning maxsus vakillari tomonidan kuzatib boriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Geynrix Qozog‘iston hududidan 24 aprel kuni chiqib ketishi kerak edi, ammo u bu ishni amalga oshirishni 13 kunga kechiktirgan.
8 may kuni Ostona tumanlararo sudi Geynrixning o‘z aybini tan olgani, og‘ir oqibatlarning yo‘qligi, ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilmaganlikni hisobga olib, futbolchining advokati Muhammadyorovning jazoni yengillashtirish haqidagi iltimosini qondirdi. Geynrix belgilangan 29 730 tanga jarimani o‘sha kunning o‘zidayoq to‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Geynrix Qozog‘istondan chiqarib yuborilishiga bir baxya qoldi