18:18 / 22.05.2015
6 745

Karlo Anchelotti: Men «Real»da qolishni istagan bo‘lardim

Karlo Anchelotti: Men «Real»da qolishni istagan bo‘lardim

“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti madridliklar safida qolishni istayotganini aytib o‘tdi, deb yozadi Uff.uz.

“Real”dagi kelajagim borasida hozircha klub rahbariyati bilan gaplashganim yo‘q. Men doimo Florentino Peres bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman. Ammo hozir u muhim qaror qabul qilishi kerak. Shunday bo‘lsa ham, o‘zaro munosabatlarimizda yomon tomonga o‘zgarish sezganim yo‘q.

Ichki sezgim “Real”da qolishim aniq ekanini aytmoqda. O‘zim ham klubda faoliyatimni davom ettirishga qarshi emasman.

Ammo bu mavsumdan keyin rahbariyatda menga nisbatan savollar paydo bo‘lishini to‘g‘ri tushunaman”, - deydi Anchelotti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti: Men «Real»da qolishni istagan bo‘lardim