15:35 / 13.06.2015
5 775

Senegal U20 termasi bosh murabbiyi: Bizning maqsadimiz – final

Senegal U20 termasi bosh murabbiyi: Bizning maqsadimiz – final

14 iyun kuni O‘zbekiston U20 terma jamoasi Senegal U20 termasiga qarshi Jahon chempionati chorak finalida maydonga tushadi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Ana shu o‘yin oldidan afrikaliklar bosh murabbiyi Jozef Koto FIFAning rasmiy saytiga qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz bu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bu erga shunchaki statistikani to‘ldirib ketish uchun kelmaganmiz.

Nimchorak finalda Ukraina ustidan g‘alaba qozonganimizdan keyin men futbolchilarimga shunday dedim: “Biz hali o‘z maqsadimizga etganimiz yo‘q. Bu musobaqaning so‘nggi bekati final. Ana shu bizning asl maqsadimiz”, - deydi Jozef Koto.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Senegal U20 termasi bosh murabbiyi: Bizning maqsadimiz – final