Malayziyaning T-Tim klubining nigeriyalik himoyachisi David Oniya o‘rtoqlik uchrashuvi paytida hushidan ketganidan keyin olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Futbolchi Kota-Baru shahrida Kelantan jamoasiga qarshi uchrashuvning 3-daqiqasidayoq hushidan ketgan. Futbolchi shifoxonaga olib borilgan va u erda o‘ziga kelmay vafot etgan.
T-Tim jamoasi prezidenti Mod Zain agar tibbiy ko‘mak o‘z vaqtida ko‘rsatilganda futbolchining hayoti saqlab qolinishi mumkinligini aytgan.
“U yurak xurujini boshidan o‘tkazdi, biroq tibbiy yordam haydovchisi o‘z ishiga tayyor bo‘lganda hammasi yaxshilik bilan tugashi mumkin edi. Oniya hushidan ketganda haydovchi tribunada bo‘lgan”, deb aytdi Zain.
O‘yin 60-daqiqada – shifoxonadan futbolchi o‘lgani haqida xabar kelgandan keyin to‘xtatib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi