17:20 / 20.06.2015
6 316

FIFA U-20. Serbiya — Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempioni!

FIFA U-20. Serbiya — Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempioni!

Yangi Zelandiya davlatida Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati nihoyasiga etdi. Finalda Braziliya hamda Serbiya terma jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi, deb xabar bermoqda Uff.uz

Qiziqarli kechgan o‘yinning asosiy daqiqalari 1:1 hisobida yakunlandi. Mandich va Pereyralar bittadan gol muallifiga aylanishdi.

Keyin hakam 15 daqiqadan iborat ikki bo‘limni belgiladi. Qo‘shimcha berilgan vaqtlarda Maksimovich gol urib, jamoasiga Jahon chempionligini ta’minlab berdi.

Shu tariqa mitti davtlat bo‘lgan Serbiya yoshlari Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritishdi.

Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati. Final
Braziliya U-20 – Serbiya U-20 1:2

Gollar: 0:1 – 70 Mandich, 1:1 – 73 Pereyra, 1:2 – 118 Maksimovich.
Braziliya U-20 – Jan, Joao Pedro, Lukao, Jorje, Danilo, Marlon, Boshilya (Pereyra, 65), Jaja (Malkom, 74), Markos Gilerme, Jan Karlos, Gabriel Jezus (Alef, 90).
Serbiya U-20 – Raykovich, Velkovich, Babich, Antonov, Gayich, Milinkovich-Savich (Yovanovich, 82), Zdelar, Maksimovich, Jivkovich, Shaponich (Ilich, 95), Mandich (Gachinovich, 76).
Ogohlantirishlar: Alef (100), Yovanovich (114).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA U-20. Serbiya — Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempioni!