15:41 / 29.06.2015
5 678

Singapurlik biznesmen Krishtianu Ronalduning qiyofasidan foydalanish huquqini sotib oldi

Singapurlik biznesmen Krishtianu Ronalduning qiyofasidan foydalanish huquqini sotib oldi
Singapurlik milliarder Piter Lim portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning qiyofasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

6 yilga tuzilgan kelishuv summasi hozircha ma’lum qilinmadi.

Kelishuvga ko‘ra, biznesmenga tegishli Mint Media kompaniyasi hozirda «Real» klubi foydalanayotgan rasmlardan tashqari portugaliyalik futbolchining barcha suratlariga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi.

Forbes reytingiga ko‘ra, Singapurning eng boy kishilari ro‘yxatida 8-o‘rinni egallab turgan Lim «Ronaldu brendi qimmatlashib boraverishini, uning kompaniyasi bu brendni Osiyoda rivojlantirishi»ni ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi dunyoning eng boy sportchilari ro‘yxatida 3-pog‘onani egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Singapurlik biznesmen Krishtianu Ronalduning qiyofasidan foydalanish huquqini sotib oldi