17:30 / 16.02.2015
5 785

Neymar "Levante" bilan uchrashuvda almashtirilganidan norozi

Neymar "Levante" bilan uchrashuvda almashtirilganidan norozi

"Barselona" hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatining 23-turida "Levante"ga qarshi uchrashuvda (5:0) almashtirildi.

Futbolchi ushbu uchrashuvda "xet-trik"ga erishgan Messining to‘p oshirishidan so‘ng hisobni ochdi va 67-daqiqada uning o‘rniga Luis Suares tushirildi.

"Menga almashtirilish yoqmaydi, chunki har bir daqiqani maydonda o‘tkazishni istayman. Messi esa - shunchaki azamat, u mening maydon va uning tashqarisidagi do‘stim.

Umuman olganda biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Biz o‘z futolimizni ko‘rsatishda davom etishimiz kerak va o‘zimizga bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni bajarishimiz kerak", - deydi Neymar.

Neymar ushbu mavsum "Barsa" safida umumiy 29 uchrashuv o‘tkazdi va 24 gol urdi. Ispaniya chempionatida esa - 20 uchrashuvda 17 gol urgan.

Manba: www.std.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar "Levante" bilan uchrashuvda almashtirilganidan norozi