13:49 / 18.02.2015
5 875

Devid Bekxem FIFA prezidentligiga kurashda Luish Figuning nomzodini qo‘llab-quvvatladi

Devid Bekxem FIFA prezidentligiga kurashda Luish Figuning nomzodini qo‘llab-quvvatladi

Afsonaviy ingliz futbolchisi Devid Bekxem Luish Figuni Zepp Blatterdan ko‘ra FIFA prezidenti bo‘lishga loyiqroq deb aytdi.

Fevral boshida FIFA saylov qo‘mitasi tashkilot prezidenti lavozimiga to‘rt nafar nomzodning arizalarini tasdiqladi. Saylovlarda ishtirok etish uchun FIFAning amaldagi rahbari Yozef Blatter, Iordaniya shahzodasi Ali ibn al-Husayn, Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi prezidenti Mixael van Prag hamda Portulagiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, mashhur Luish Figu nomzodlarini qo‘yganlar.

“Men o‘z do‘stim Luishning FIFA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yganini qutlayman. FIFA futbol bilan yashaydigan hamda muxlislar uchun nimadir qilishni xohlaydigan insonlarga muhtoj. Futbol rivojiga o‘z hissasini qo‘sha olishga ko‘zi etgan kuchli nomzodlarning borligi FIFAga faqat foyda keltiradi”, – deb aytdi Bekxem.

Figu uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagani uchun Bekxemga o‘z tvitteri orqali minnatdorchiligini izhor qildi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentini saylash jarayoni 2015 yilning 29 mayida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Devid Bekxem FIFA prezidentligiga kurashda Luish Figuning nomzodini qo‘llab-quvvatladi