13:06 / 26.02.2015
6 986

Huawei 4.5G texnologiyasida ishlay oladigan dunyoda birinchi «aqlli» brasletni taqdim etdi

Huawei 4.5G texnologiyasida ishlay oladigan dunyoda birinchi «aqlli» brasletni taqdim etdi

Huawei kompaniyasi 4.5G Smartband deb nomlangan yangi «aqlli» brasletini taqdim etdi, deya xabar bermoqda «3dnews.ru».

U 4.5G mobil tarmoqlarida ishlay oladigan taqiluvchi gadjetdir. Bunday servislarni Huawei joriy yoki kelasi yilda ishga tushirmoqchi, bunda axborot uzatish tezligi soniyasiga 1 gigabitga etishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, 4.5G Smartband brasletida Buyuk Britaniyada joylashgan Neul kompaniyasi ishlab chiqqan mikrochip qo‘llaniladi.

Xabar berilishicha, braslet o‘z egasi organizmining hayot ko‘rsatkichlarini, jumladan yurak ritmini o‘lchash imkonini beradi. U 1,4 dyuymli OLED displey, Bluetooth 4.1 va NFC simsiz aloqa modullari bilan jihozlanadi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei 4.5G texnologiyasida ishlay oladigan dunyoda birinchi «aqlli» brasletni taqdim etdi