19:10 / 26.02.2015
7 086

O‘zbekistonda mart oyida nodavlat internet-telekanal o‘z faoliyatini boshlaydi

O‘zbekistonda mart oyida nodavlat internet-telekanal o‘z faoliyatini boshlaydi

O‘zbekistonda 2015 yilning mart oyidan nodavlat internet-telekanal texnik efirga chiqishni boshlaydi. Bu haqda, Anons.uz’ning xabar berishicha, O‘zbekiston Elektron OAVlari assosiasiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Bir kecha-kunduz davomida 20 soat efirga chiqadigan telekanalda internet foydalanuvchilari o‘zlariga ma’qul kelgan teledasturlarni tanlab, tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Xabar berishlaricha, telekanalda axborot-informasion, madaniy-ma’rifiy va musiqiy-ko‘ngilochar dasturlar, tok-shoular, reklama-tijorat ko‘rsatuvlari, seriallar va badiiy filmlar namoyish etiladi.

Birinchi bosqichda telekanal Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Buxoro, Jizzax, Marg‘ilon, Qarshi, Samarqand, To‘rtko‘l va Nukusdagi hududiy telestansiyalarda efirga chiqadi, ikkinchi bosqichda esa Namangan, Navoiy, Termiz va Xorazm ham ular qatoriga qo‘shiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda mart oyida nodavlat internet-telekanal o‘z faoliyatini boshlaydi