00:18 / 04.03.2015
7 887

YouTube zararga ishlayaptimi?

YouTube zararga ishlayaptimi?

YouTube videoxizmati hamon o‘z sohibi Google ga foyda olib kelganicha yo‘q. Garchi undan foydalanuvchilar soni 1 mlrd. ga etgan bo‘lsada. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar beradi. Maqolaning to‘liq versiyasi bilan “The Australian” sayti orqali tanishish mumkin.

YouTube 2014 yilda 2013 yildagiga qaraganda 1 mlrd. dollar ko‘p, ya’ni 4 mlrd. dollar mablag‘ ishladi. Hisob-kitoblarga qaraganda bularning bari “uchma-uch” bo‘lib qolgan. Taqqoslash uchun aytish lozimki, ijtimoiy tarmoq hisoblanmish Facebook 2014 yilda 12 mlrd. dollar ishlab topgan. Shundan 3 mlrd. dollari sof foyda. Bugungi kunda ijtimoiy saytdan foydalanuvchilar soni 1,3 mlrd. kishini tashkil etadi.

“The Wall Street Journal” ning yozishicha, YouTube videoroliklarni saqlash, chetdagi saytlarga qo‘yish, har kim ham kiradigan video ko‘radigan sayt emas. Shu bois bundan keyin YouTube o‘z videplatformasini rivojlantiryotgan Facebook va Twitter hamda o‘z shaxsiy teleseriallariga, lisenziyali teleshoulariga ega Netflix va Amazon bilan raqobatlashishga to‘g‘ri keladi. YouTube ning biznes operasiyalari bilan shug‘ullanuvchi vakili Robert Kinkl (Robert Kyncl)ning aytishiga qaraganda, televidinie yo‘nalishi orqali emas, aynan xizmat ko‘rsatish servisini rivojlantirish orqali rivojlanishga erishish mumkin.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube zararga ishlayaptimi?