22:45 / 05.03.2015
5 661

Beeline‘ning yangi baza stansiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rnatildi

Beeline‘ning yangi baza stansiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rnatildi

Beeline Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi G‘arbiy hududiy filial hududida 2G va 3G tarmoqlari hajmi va qoplam doirasi kengaygani haqida xabar beradi.
“Beeline tarmog‘ini modernizasiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha ishlar, aloqaning yuksak sifatini ta’minlagan holda mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmoqda, – voqeani sharhladi Unitel‘ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov. – Hudud aholisini ishonchli aloqa bilan ta’minlash bizning ustuvorliklarimizdan biridir, tarmoqlarimizning hajmini doimiy ravishda kengaytirish esa Qoraqalpog‘istonning uyali bozorida etakchi bo‘lib qolishda bizga yordam beradi».
Qo‘shimcha uskunalar o‘rnatilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir necha tumanlarida signal sifati yaxshilandi:

- Shumanay (Shumanay shahri)
– Nukus (Oqmangit shahri)
– Kegeyli (Kegeyli shahri);
– Qonliko‘l (Qonliko‘l shahri);
– Amudaryo (Qilichboy Dorman tumani);
– Ellikqalin (Qilchinoq qishlog‘i).

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline‘ning yangi baza stansiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rnatildi