17:42 / 06.03.2015
5 672

AQSh rasmiylari «Vkontakte»ni qaroqchilar ro‘yxatidan o‘chirishdan bosh tortdi

AQSh rasmiylari «Vkontakte»ni qaroqchilar ro‘yxatidan o‘chirishdan bosh tortdi

AQSh Savdo vakolatxonasi USTR Rossiyaning «Vkontakte» ijtimoiy tarmog‘ini, «Rutracker.org» torrent-trekerini, «Rapidgator.net» va «4shared.com» fayl almashuv xizmatlarini dunyodagi eng yirik «qaroqchi» resurslar ro‘yxatidan chiqarishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda «RBK».

USTR saytida e’lon qilingan navbatdagi hisobotda ham yuqoridagi saytlar mualliflik huquqini buzuvchi eng yomon resurslar ro‘yxatidan o‘rin olgan. «Rutracker.org» va «Rapidgator.net» egasi kimligi ma’lum emas, «Vkontakte» esa Rossiyaning eng yirik internet kompaniyasi bo‘lgan Mail.ru Group’ga tegishli.

2014 yil kuzida «Vkontakte» vise-prezidenti Dmitriy Sergeev USTR’ga maktub bilan murojaat qilib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar nima chop qilishini oldindan boshqara olmasligini ma’lum qilgan. Biroq bu USTR vakillarini ishontirishga etarli bo‘lmagan. «Vkontakte» internetdagi qaroqchilikka qarshi kurashayotgani, biroq mualliflik huquqini buzuvchilar sonining ko‘pligi ijtimoiy tarmoqning qiladigan ishlari hali ko‘pligini ko‘rsatishi qayd etilgan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSh rasmiylari «Vkontakte»ni qaroqchilar ro‘yxatidan o‘chirishdan bosh tortdi