Ko‘pchilik telefonning quvvati tugab borayotgan, smartfon atigi 10 foiz quvvat qolganini ko‘rsatgan vaziyatga tushgan. Bu vaqtda yoningizda zaryadlash qurilmasi bo‘lmasa, buning ustiga shahar markazida bo‘lsangiz va hech kimdan uni olib turolmasangiz nima qilish kerak? «Rossiyskaya gazeta» bu borada asqotaddigan beshta maslahatni taqdim etdi.
Agar biror savdo markazida yoki unga yaqin joyda bo‘lsangiz, zaryadlash qurilmasi o‘rnatilgan maxsus shkaflari bo‘lgan do‘konlarni izlang – odatda yirik tarmoqlarning do‘konlarida bunday shkaflar bo‘ladi. Telefoningiz quvvat olguncha, do‘kon aylanib turishingiz mumkin.
Istalgan mobil aloqa saloniga kirib, telefonni quvvatlantirishni so‘rashingiz mumkin. Biror operatorning saloniga murojaat qilish maqulroq – bunday xizmat rad qilinishi ehtimoli juda kam. Shuningdek, elektronika do‘konlaridan ham bui so‘rashingiz mumkin.
Telefonni zaryadlash uchun maxsus terminallar ham mavjud. Afsuski, ular unchalik ko‘p emas, odatda yirik savdo markazlarida, kafelarda, aeroport va vokzallarning kutish zallarida bo‘ladi. Terminallarda barcha smartfonlarga tushadigan qurilmalarni toppish mumkin, narxi ham qimmat emas.
Smartfonlar oddiy telefonlardan ko‘ra tezroq quvvat yo‘qotishi bilan tanilgan. Agar zaryadlash uchun vaqtingiz kam bo‘lsa, smartfonda uchish rejimini yoqing – shunda u tezroq quvvat oladi. Shuningdek, zarydalash vaqtida telefonni o‘chirib qo‘ysangiz ham bo‘ladi, shunda qurilma energiya sarflamaydi va tezroq quvvat oladi.
Aviarejimni yoqish yoki qurilmani o‘chirish imkoni bo‘lmasa, ya’ni biror muhim qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yuborishni istamasangiz, ishlatmayotgan funksiyalaringizni, masalan, GPS, Bluetooth, internet kabilarni o‘chirib qo‘ying. Shuningdek, ekran yorqinligini kamaytirish ham foyda beradi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi