12:13 / 06.09.2016
6 515

Meizu Max: metall korpus, tezkorlik va arzon narx uyg‘unligi

Meizu Max: metall korpus, tezkorlik va arzon narx uyg‘unligi

Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu Max nomli metall korpusdagi smartfonni taqdim qildi. Smartfon ancha tezkor, narxi ham hamyonbop, ekranning kattaligi – 6 dyuym.

Meizu Max dizayni kompaniyaning 2016 yilda chiqarilgan boshqa telefonlaridan katta farq qilmaydi: aylana burchaklar, orqa metall korpus, plastik chiziqlar (iPhone 6s uslubida), markazda ikkita yorug‘lik diodiga ega kamera. Smartfon 3 GB tezkor xotira va Helio P10 prosessorida ishlaydi, deyiladi '"Terabayt.uz" nashri xabarida.

  • Prosessor: MediaTek MT6755M (Helio P10), 8 yadroli, Cortex-A53, 1,8 GGs + 1 GGs, 64 bit, grafika Mali-T860
  • Tezkor xotira: 3 GB LPDDR3
  • Doimiy xotira: 64 GB
  • microSD—karta: 128 GBgacha
  • Ekran: 6 dyuym, 1920x1080 nuqta, 368 ppi, 1000:1, 2,5D-oyna, IPS
  • Asosiy kamera: 13 MP, f/2.2, Sony IMX258, LED-chaqnoq, fazali avtofokus, avtofokus vaqti: 0,2 s
  • Old kamera: 5 MP, f/2.0
  • Akkumulyator: 4100 mA/st, mCharge 24W tezkor zaryadlash standarti
  • Barmoq izi skaneri: mTouch 2.1
  • SIM-karta sloti: gibrid (2 SIM yoki SIM+microSD)
  • Kommunikasii: GPS, GLONASS, Wi-Fi (802.11a/b/g/n), microUSB, 3,5 mm, LTE
  • OT: Android 6.0.1 Marshmallow, interfeys: Flyme OS 5.2
  • Gabaritlari: 163,3x81,6x7,9 mm
  • Og‘irligi: 189 g

Smartfon Xitoyda sotuvga chiqarilgan. Narxi – 1699 yuan (254 dollar).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Meizu Max: metall korpus, tezkorlik va arzon narx uyg‘unligi