17:39 / 09.09.2016
5 951

AQSh fuqarosi Samsung smartfoni tufayli jipidan ayrilib qoldi

AQSh fuqarosi Samsung smartfoni tufayli jipidan ayrilib qoldi

AQShning Florida shtati Sent-Petersberg shahri fuqarosi Samsung Galaxy Note 7 telefonini Grand Cherokee avtomobilida quvvat olishi uchun qoldirgan. Shundan so‘ng, gadjet portlagani sababdir, mashina yonib ketgan, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Voqea joyiga etib kelgan o‘t uchiruvchilar yong‘inni o‘chira olishmagan va jip butunlay yonib ketgan.

Ayni vaqtda shtat o‘t o‘chirish xizmati va Samsung kompaniyasi surishtiruv ishlarini olib borayapti.

Avtomobil egasi Natan Dornaker yonayotgan Grand Cherokee suratlarini Feysbukdagi sahifasiga joylashtirgan.

Avvalroq, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini sotishni vaqtincha to‘xtagani xabar qilingan edi. Mazkur fabletofonlar quvvatlanish vaqtida portlab ketayotgani aytilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSh fuqarosi Samsung smartfoni tufayli jipidan ayrilib qoldi