Kanadaning Electra Meccanica kompaniyasi uch g‘ildirakli Solo elektrokarining seriyali namunasini taqdim etdi. Yangi elektromobil savdosi 2017 yildan boshlanadi. Bir o‘rindiqli elektrokarning gabarit uzunligi 3,04 metrni tashkil etib, vazni 450 kg ga teng. Aerodinamik qarshilik 0,24 ni tashkil etgan. Uning yukxonasi 250 litr yukka joy bo‘ladi.
Unga alyuminiydan yasalgan, 82 ot kuchiga elektr motor o‘rnatiladi. Elektrokar o‘rnidan soatiga 100 km tezlikka sakkiz soniyada erisha oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 130 kmni tashkil etadi.
To‘plamdagi 16,1 kVt soat hajmli akkumulyator quvvati 160 km masofaga etadi.
Hozirda, «Solo»ga qabul qilinayotgan buyurtmalar 19 ming 888 Kanada dollari (15,4 AQSh dollari)dan boshlanadi. Electra Meccanica o‘z mahsulotini AQShda ham sotishni rejalashtirmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi