AQSh Milliy xavfsizligi agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden kiberta’qibdan qanday qutilish mumkinligiga oydinlik kiritdi. U ko‘pgina jihatlar orasida kompyuterdagi veb-kamerani plastir bilan to‘sib qo‘yish muhimligini bildirgan.
«Bu oddiy. Agar siz plastirdan foydalansangiz u sizning kompyuteringizni buzmaydi. Kamerani qo‘llaganda plastirni olib qo‘yasiz, tamom-vassalom», — deya Snouden so‘zlarini keltiradi "Kun" nashri. U, Oliver Stounning «Snouden» nomli filmidagi shu kabi holatni izohlar ekan, shunday fikrni bildirgan.
Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi kiberxavfsizlik bo‘yicha boshqa maslahatlarni ham bergan. Xususan, turli saytlar uchun bir xil paroldan foydalanish yaxshi emas. Agar shunday qilsangiz, bitta akkauntingiz buzilsa, boshqasi ham buzilishi mumkin. Snouden telefon orqali suhbatlarga qarshi kurashish uchun kodlash dasturlaridan foydalanishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, u, reklamalarni to‘suvchi va viruslarga qarshi dasturlar o‘rnatishni tavsiya qilgan. Biroq, bularning bari Snoudenning so‘zlariga ko‘ra, faqat xakerlarni to‘xtata oladi, maxsus xizmatlarni emas.
«Bu AQSh MXAga qarshi qo‘l kelmaydi. Siz MXAni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, siyosiy jarayon orqali erisha olasiz. Ammo, afsuski bu yilgi prezidentlik kampaniyasida bu haqda eshitmayapmiz. Hech kim konstitusiya va huquqlar xususida eslamayapti ham. Ular, bizga keraksiz bo‘lgan narsalar haqida jar solmoqda», — deb qayd etgan Snouden.
«Snouden» filmi rejissyori Oliver Stoun ham noutbukdagi kamerasini elimlab qo‘yishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSh Federal qidiruv boshqarmasi direktori Jeyms Komi noutbugidagi veb-kamerani xakerlik hujumi va buzilishiga qarshi elimlashini bildirgan va boshqalarga ham shunday yo‘l tutishni maslahat bergan edi. Facebook asoschisi Mark Sukerberg ham kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida xuddi shu usuldan foydalanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?