13:10 / 16.09.2016
7 621

Britaniyalik talabaning ixtirosi dunyodagi millionlab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin

Britaniyalik talabaning ixtirosi dunyodagi millionlab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin

22 yoshli britaniyalik talaba deyarli barcha sharoitlarda foydalanish mumkin bo‘lgan portativ qurilmani ixtiro qildi, deyiladi "Kun" nashrida. Uning ixtirosi mobil sovutgich sanaladi. Olimlar fikricha, qurilmaning asosiy foydali jihati – zarur haroratda dori vositalarini saqlash imkoniyatidir.

Qurilma muallifi Lafboro universiteti talabasi Uill Brodvey. Yosh ixtirochining aytishicha, u o‘z texnologiyasi ortidan foyda ko‘rish niyatida emas. «Men doim insonlarga chinakamiga zarur bo‘lgan buyumni yaratishni orzu qilganman. Endi menda bu imkon bor», — deydi talaba.
Uill yaratgan ixtirosi uchun rag‘batlantirildi. Yosh kashfiyotchi butun dunyo bo‘ylab ixtirochi-talabalar o‘zaro bellashadigan an’anaviy Dayson mukofotini qo‘lga kiritdi. Mobil sovutgich 30 kun davomida Selsiy bo‘yicha 2 dan 8 gacha bo‘lgan muqobil haroratni ko‘tara oladi.

Qurilma qashshoqlik va mojarolar botqog‘idagi mamlakatlarda yanada kerakli bo‘ladi. Texnologiya ammiak va suvni isitish natijasida ishlaydi. Natijada bug‘ hosil bo‘ladi va asosiy erga sovuqlikni etkazib beradi. Uillning hisobi bo‘yicha, mobil sovutgich yiliga 1,5 milliondan ortiq insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.

Ayni damda Uill o‘z o‘qishini tamomlashga bor e’tiborini qaratgan. Shundan so‘ng u o‘z ixtirosini mukammallashtirish istagida. Hozircha mobil sovutgich faqat vaksinalarni tashish uchun ishlatiladi. Biroq Uill ayrim o‘zgarishlar texnologiya imkoniyatlarini kengaytirishiga ishonch bildirmoqda.

«Transplantasiya uchun donorlik qonlari, tana a’zolari – bularning barchasi hali ham uzoq muddatgacha sovuq haroratda saqlab bo‘lmaydigan sovutilgan paketlar yordamida olib kelinadi. Mening sovutgichim bu va boshqa muammolarga echim topadi», — deb aytdi Uill.
[media=https://youtu.be/aeW76Jequag]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Britaniyalik talabaning ixtirosi dunyodagi millionlab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin