IHS Markit kompaniyasi tahlilchilari 32 gigabaytli xotiraga ega yangi iPhone 7 smartfonining qismlari narxini hisoblab chiqishdi. Bu haqida "Kun" xabar berdi.
Tadqiqot davomida ekspertlar yangi flagman to‘plamining narxi 223,8 dollarni tashkil qilishini hisoblashdi. Biroq bu ko‘rsatkich qurilmani ishlab chiqarish va yig‘ish xarajatlari emas, qismlar tannarxinigina inobatga oladi. AQShda yangi smartfonning chakana narxi - 649 dollardan iborat.
iPhone 7 qurilmasining eng qimmat qismi 43 dollarga baholangan displeyi bo‘lib chiqdi. Intel prosessori esa 34 dollarni tashkil qiladi. Smartfonning eng arzon qismlaridan biri akkumulyator bo‘lib, uning qiymati - 2,5 dollarga baholangan.
Ekspertlar yangi flagmanni ishlab chiqarish iPhone 6S'ga nisbatan 36,89 dollarga qimmatga tushishini aniqlashdi.
Apple kompaniyasining so‘nggi iPhone 7 qurilmasi taqdimoti sentyabr oyi boshida San-Fransiskoda bo‘lib o‘tdi. Yangi qurilmaning o‘ziga xosligi - unda quloqchinlar ulanadigan 3,5 millimetrli tuynukning yo‘qligida.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi