AQShning yirik texnologik korporasiyalari Oq uy bilan birga qochqinlarga yordam berish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirdilar, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Xususan, Google kompaniyasi 10 ming livanlik bolaga bepul ta’lim beruvchi nodavlat tashkilotlari uchun texnik mutaxassislarini moliyalashga va kreditlashga va’da berdi. Bundan tashqari, korporasiya evropalik qochqinlar uchun umumiy qiymati 5,3 mln dollar bo‘lgan Chromebook noutbuklarini xayriya qildi.
"Feysbuk" rahbariyati Gresiya bo‘ylab 35 ta hududda bepul Wi-Fi-ulanishni ta’minlashni rejalashtirmoqda va qochqinlar lagerlariga internetga bepul kirishni taqdim qilish uchun BMT bilan hamkorlikni davom ettiradi. Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, muhojirlarga yordam beruvchi jamoatchilik tashkilotlariga mablag‘ yig‘ib beradi. Bundan tashqari, kompaniya qochqinlar o‘zlarining texnik va tadbirkorlik malakalarini rivojlantira oladigan innovasion markaz qurmoqchi.
HP Inc. ham Livan va Iordaniyada kattalar va bolalar uchun 6 ta qochqinlarni o‘qitish markazi qurishni rejalashtirmoqda.
Bu kompaniyalardan tashqari, muhojirlarga yordam berishda Twitter, Coursera6 Zynga, Uber, LinkedIn, IBM va TripAdvisor kompaniyalari ham ishtirok etmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi