Xitoylik Kanel Mimi internet orqali iPhone 7 smartfonini AQShdagi rasmiy narxidan 150 dollarga arzonroq — 500 dollarga xarid qilish maqsadida buyurtma berdi. Ammo sotuvchi xaridni nozik hazilga aylantirdi, deb xabar beradi «Daryo».
Qiz eBay orqali «pushtirang oltin» rangli iPhone 7 buyurtma bergandi, ammo unga etkazilgan quti ichiga ikkita smartfon joylangan edi — 2009 yili chiqarilgan iPhone 3GS va 2010 yilning iPhone 4 telefoni. Bundan tashqari, quti ichiga Yu Gi Oh o‘yinidan olingan mashhur «Polimerizasiya» kartasi solib qo‘yilgan edi.
O‘yin qoidalariga muvofiq, bu karta ikkita zaif mavjudotni bitta kuchli qahramonga aylantiradi. Bu bilan sotuvchi qizga iPhone 3GS va iPhone 4 ni birlashtirib, iPhone 7 ga aylantirishni hazil tariqasida tilagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi