12:48 / 22.09.2016
6 013

Eurasia Mobile Challenge tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish 15 oktyabr kuniga qadar davom etadi

Eurasia Mobile Challenge tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish 15 oktyabr kuniga qadar davom etadi

Beeline “Evraosiyo mobil kubogi” (Eurasia Mobile Challenge) halqaro mobil ilovalar tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish davom etayotganligi haqida xabar beradi. 15 oktyabr kuniga qadar O‘zbekistonda mobil ilova joriy qilgan har bir mutaxassis www.eurasiamobilechallenge.com saytida ro‘yhatdan o‘tishi va hududiy birinchilikga uch yo‘llanmadan birin qo‘lga kiritishi mumkin.

“O‘tgan yili O‘zbekiston EMC doirasida juda muvaffaqiyatli chiqish qildi: Stolik guruhi Evraosiyo bosqichining sovrindorlariga aylanib, nafaqat $10 000 mukofotni qo‘lga kiritdi, balki Barselonadagi Gliobal Mobile Challenge‘ga yo‘llanma oldi, – deydi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Bundan tashqari: bugungi kunda guruh loyihasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, bu esa loyiha mualliflari tanlagan biznes-modelning mustahkamligini ko‘rsatadi. Ishonaman, bu yutuq butun respublika bo‘ylab boshqa startaper va ishlab chiqaruvchilarni EMC tanlovida yanada faol ishtirok etishlari uchun ilhomlantirdi: mobil ilovalar — halqaro darajaga tez chiqish uchun ko‘p bo‘lmagan sohalardan biridir. Albatta, kerakli ashyoviy, texnologik va ekspertlik qo‘llab-quvvatlash yordamida, aynan shu resurslarni esa Eurasia Mobile Challenge taqdim etadi».

Eslatib o‘tamiz, ikki yildan beri Eurasia Mobile Challenge VimpelCom Ltd. Guruhining “Make Your Mark” (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarga ularning texnik bilimlariga qaramay, kelajakni barpo etish, umuman mamlakatda, shuningdek hududiy darajada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga imkoniyatlarni yaratib beradi.

Musobaqada O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ukraina mamlakatlaridan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Hududiy bosqichlar chog‘ida har bir ishtirokchi seminarlar, master-klasslar va pitch-sessiyalarda o‘z konsepsiyasini g‘oyalarini tayyor mobil echimga aylantirishda ko‘mak bera oladigan mahalliy va halqaro ekspertlar va mentorlar bilan birgalikda test sinovidan o‘tkazish, kam-ko‘stini to‘ldirishlari mumkin. Loyihalar IT-sohasidagi ekspertlar tomonidan quyidagi mezonlar bo‘yicha baho beriladi: innovasiyalar darajasi, mahalliy uyushma uchun dolzarbligi, keng ko‘lamligi va noyobligi.

Har bir ishtirokchi-mamlakatda chempionatning mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida ishtirokchilar o‘z mamlakatlaridagi raqiblari bilan bellashadilar. 24 guruh (har bir mamlakatdan 3 guruh) hududiy bosqichning finaliga yo‘l oladilar. Hududiy finalning 3 g‘olibi pullik sovringa ega bo‘ladilar va 2017 yilda Barselonada Halqaro Mobil kongressida bo‘lib o‘tadigan global finalda kurashni davom ettiradilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eurasia Mobile Challenge tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish 15 oktyabr kuniga qadar davom etadi