Facebook’ga qarashli Instagram ijtimoiy tarmog‘i bilan hamkorlik qiluvchi reklama beruvchilar 2016 yil fevral oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan ikki baravar oshib, 500 ming nafarga etdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.
Instagram tarmog‘iga reklama joylashtirish xizmati 2015 yil sentyabr oyida taqdim etilgandi. Reklama beruvchilarning soni ortishiga tarmoqning foydalanuvchilar orasida keng ommalashayotgani turtki bo‘lgan, deya taxmin qilish mumkin. Bu borada Instagram Twitter mikrobloglar tarmog‘idan o‘zib ketdi. Bu tarmoqda reklama beruvchilar soni 100 ming nafarni tashkil etadi. Facebook ijtimoiy tarmog‘i esa xozircha barcha dasturlarni ortda qoldirmoqda. Undagi reklama beruvchilar soni 2 millionga etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram ijtiomiy tarmog‘iga reklama joylashtirishga asosan kichik biznes vakillari qiziqish bildirishmoqda. Ular asosan AQSh, Braziliya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada fuqarolaridir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?