17:05 / 24.09.2016
7 100

Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Pavel Durovning Telegram messenjerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qo‘shish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqida loyihaning rasmiy blogida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Foydalanuvchi suratni yuklayotganda taklif qilinadigan ro‘yxatdan istagan niqobini tanlashi mumkin bo‘ladi. Servis xodimlarining ma’lum qilishicha, Telegram niqob qo‘yilishi kerak bo‘lgan yuz qismini avtomatik tarzda aniqlaydi.

Suratga o‘z kolleksiyangizdagi stikerlarni qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek @stickers boti yordamida o‘z niqoblaringizni yuklash imkoni ham mavjud - buning uchun unga "/newmasks" buyrug‘ini berish zarur.

Messenjerning iOS-versiyasida matnni formatlash funksiyasi paydo bo‘ldi.
[/center
Bundan tashqari, Telegram'da yana bir yangi funksiya paydo bo‘ldi - yozilgan videoroliklardan GIF-animasiyalar yaratish: foydalanuvchi video olishi, undagi tovushni o‘chirib qo‘yishi va uni GIF-fayl sifatida yuklashi mumkin.

Shuningdek messenjerda mashhur stikerlar paneli paydo bo‘ldi, ularni ko‘zdan kechirib, xohlagan yozishmangizda qo‘llashingiz mumkin.
[center]

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi