18:11 / 10.03.2015
6 811

Xitoy kompaniyasi Apple Watch’ning klonini yaratdi

Xitoy kompaniyasi Apple Watch’ning klonini yaratdi

Xitoyning Zeaplus kompaniyasi Apple Watch’ning klonini taqdim etdi. Yangi gadjet Zeaplus Watch deb nomlanadi.

U alyumin korpus va sun’iy teri bilan jihozlangan bo‘lib, iOS hamda Android smartfonlari bilan Bluetooth moduli orqali ulanadi. Bundan tashqari “aqlli” soatlarni smartfonsiz ham ishlatish mumkin – ularga SIM-karta qo‘yib, qo‘ng‘iroq amalga oshirish, xabar yozish va internetdan foydalanish mumkin.

Gadjetning kamera moduli korpusning pastki qismida joylashgani sababli Zeaplus Watch yordamida suratga olish uchun uni qo‘ldan echishga to‘g‘ri keladi.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy kompaniyasi Apple Watch’ning klonini yaratdi