18:47 / 10.03.2015
6 710

Apple kompaniyasi 12 dyuymli Macbook’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi 12 dyuymli Macbook’ni taqdim etdi

9 martda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Apple kompaniyasi Macbook’ning 12 dyuymli displeyga ega yangi modelini taqdim etdi.

Noutbukning og‘irligi 907 gr, qalinligi esa 13,1 mm. Bu Macbook seriyasidagi eng yupqa noutbuk hisoblanadi.

Kompaniya noutbukni yangi klaviatura hamda tachpad bilan jihozlagan. Klaviatura yangi Butterfly mexanizmida ishlaydi. Bu klavishlarni 40 foiz yupqaroq va 4 barobar mustahkamroq qilishga imkon yaratadi. Tachpadda harakatni kuzatuvchi 4ta datchik o‘rnatildi. Undagi mexanik tugmalar olib tashlanib, ular dasturiy qismga o‘rnatildi. Yangi tachpadda odatiy hamda qattiq (Force Touch) bosish mavjud bo‘lib, uning yordamida har xil vazifalarni amalga oshirish mumkin. Misol uchun, qo‘shimcha menyu yoki qidiruvni chaqirish mumkin.

Bu Apple’ning kuler o‘rnatilmagan ilk noutbuki bo‘lib, u 2ta: USB-C hamda quloqchin uchun portlarga ega.

Yangi batareyalarda noutbuk 9-10 soat ishlay oladi.

Yangi Macbook 1,1 GGs chastotada ishlaydigan 2 yadroli Intel Core M prosessorda ishlaydi. Bundan tashqari, unga 8 GB tezkor hamda 256 GB doimiy xotira o‘rnatiladi.

Macbook 2015 yilning 10 aprelidan 1299 dollar narxda sotuvga chiqadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi 12 dyuymli Macbook’ni taqdim etdi