AQShning Ideas That Stick firmasi avtomobilni mumkin bo‘lmagan joyda qoldirgan haydovchilarni jazolashning antiqa usulini o‘ylab topdi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Odatda, noto‘g‘ri parking uchun avtomobilni jarima maydonchasiga evakuasiya qilishadi yoki g‘ildiraklarga maxsus blokirator o‘rnatishadi. Blokiratorni belgilangan jarimani to‘lagachgina echish mumkin.
Ideas That Stick esa g‘ildiraklar o‘rniga old oynani bloklaydigan moslamani taklif etmoqda. Yangi moslamaga Barnacle nomi berilgan bo‘lib, u yig‘iladigan paneldan tashkil topgan. Inspektor qoidabuzar avtomobilnig old oynasiga moslamani o‘rnatgach, haydovchi mobil telefon orqali jarimani to‘laydi va unga blokiratorni ochish uchun maxsus kod yuboriladi. Panelni echgach, uni yaqin-atrofdagi qabul nuqtasiga topshirish talab etiladi. Aks holda yangi jarima belgilanadi.
Agar blokirator o‘zboshimchalik bilan echilsa yoki avtomobilni harakatlantirilsa, blokirator juda baland ovozda signal chiqaradi. Loyiha juda antiqa tizimga ega. Kelgusida uni AQShning ba’zi shaharlarida sinash rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi