11:21 / 11.03.2015
6 143

Sukerberg bilan sudlashib, Facebook’ni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan amerikalik izsiz yo‘qoldi

Sukerberg bilan sudlashib, Facebook’ni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan amerikalik izsiz yo‘qoldi

Mark Sukerberg bilan sudlashib, Facebook’ni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan va oqibatda firibgarlikda ayblangan Pol Selya o‘zining Nyu-Yorkdagi uyidan izsiz yo‘qoldi, deya xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».

Pol Selya ustidan sud jarayoni may oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. 9 mart, dushanba kuni Selyaning advokati Robert Fogg uning yo‘qolganini ma’lum qildi. U sudni kutish davomida taqib yurishi kerak bo‘lgan elektron bilaguzuk uyidan topilgan. AQSh Federal marshallar xizmati hodisa yuzasidan izoh bildirganiha yo‘q.

Nashrning eslatishicha, Pol Selya 2010 yilda Mark Sukerbergni sudga berib, Facebook’ni birgalikda yaratganliklarini va uning 84 foiziga haqqi borligini ta’kidlagan edi. Biroq sudda u buni isbotlay olmadi, taqdim etilgan hujjatlar esa soxta deb e’tirof etildi. O‘tgan yil noyabrida esa Sukerberg huquqshunoslari Selyaning advokatlariga qarshi da’vo berdi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sukerberg bilan sudlashib, Facebook’ni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan amerikalik izsiz yo‘qoldi