Toyota Motor kompaniyasi Yaponiyada befarzand oilalar uchun maxsus robot-go‘dak yaratdi, deb yozadi "mynewsonline24.ru" sayti . So‘nggi yillarda Yaponiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi rekord darajada tushib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar ichida aholining keksayish ko‘rsatkichi jihatidan etakchi hisoblangan Yaponiyada Toyota Motor kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan robot-go‘dak “Kirobo Mini” deb nomlandi.
Mutaxassislar bunday robotning kashf etilishi robototexnika sohasida kelajakda insoniy hissiyotlarni tushuna oluvchi va javob bera oluvchi robotlar yaratishda katta qadam bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Yangi yaratilgan “Kirobo Mini” roboti go‘dak kabi harakatlar qila olishi mumkin. Bu esa robot va uning egasi o‘rtasida “ruhiy yaqinlik” uyg‘otadi.
Toyota kompaniyasidan xabar qilishlaricha, “Kirobo Mini” roboti kelasi yildan taxminan 392 dollar bahoda sotuvga chiqariladi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, Yaponiyada avvalroq, Intelligent System Co Ltd kompaniyasi tomonidan bola ko‘rinishidagi robot yaratilgandi. “Paro” nomini olgan robot-bolakay keksa kishilarda ruhiy zo‘riqishlarning kuchayib ketishining oldini olish maqsadida yaratilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi