16:12 / 04.10.2016
7 218

Puma krossovkalari uchun bog‘ichni bog‘lay oladigan mobil dastur ishlab chiqildi

Puma krossovkalari uchun bog‘ichni bog‘lay oladigan mobil dastur ishlab chiqildi

Nike kompaniyasi ilk bor “Kelajakka qaytib” filmida ko‘rsatilgan va bog‘ichlari avtomatik bog‘lanadigan krossovka —HyperAdapt 1.0 ni omma e’tiboriga havola qilganiga ko‘p bo‘lganicha yo‘q. Puma ixlosmandlari esa bu masalaga yanada chuqurroq yondashdi.

Kompaniyaning bog‘ichlari maxsus tugma yordamida tortib qo‘yiladigan yangi mahsuloti — Autodisc krossovkasi bozorga chiqqanidan hech qancha o‘tmay, fenomenal ishlanma — krossovkaga qo‘l tekkizmasdan, uning bog‘ichlarini bog‘lash imkonini taqdim etuvchi mobil dastur ishlab chiqildi.

Krossovkalar bilimdoni Hikmet Sugoerning ma’lum qilishicha, mobil dastur yordamida krossovkalarga ulanish va maxsus tugmani bosish poyabzal bog‘ichlarini mahkamlash va echish uchun etarli bo‘ladi. Hozircha bunday innovasion krossovkalardan 25 dona chiqarilgan.


Oddiy Autodisc krossovkalarida bog‘ichlarni tortib qo‘yish yoki yumshatish uchun krossovkaning o‘zidagi maxsus tugmani bosib turish kerak.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Puma krossovkalari uchun bog‘ichni bog‘lay oladigan mobil dastur ishlab chiqildi