Xalqaro shifokorlar jamoasi fitnes-trekerlardan foydalanish jismoniy tarbiya jadalligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatib berishdi. Shu mavzuga bag‘ishlangan tadqiqot The Lancet Diabetes and Endocrinology jurnalida nashr etildi. Bu haqida "Kun" nashri xabar berdi.
Olimlar yil davomida 800 kishining sog‘lig‘i (og‘irligi, qon bosimi va yurak urish tezligi) va jismoniy faoliyat intensivligini kuzatib borishdi. Tadqiqot ishtirokchilarining ayrimlari fitnes-bilaguzuk taqqani uchun pul mukofotlari ham olishdi.
Dastlabki 6 oyda moliyaviy rag‘batlantirish olgan ishtirokchilar jismoniy faollikning ortganini qayd etishdi. Biroq bir yildan so‘ng ularning ko‘rsatkichi dastlabki darajaga qaytdi.
Pul mukofotini olmagan ishtirokchilarda bir yil o‘tib, aerobik jismoniy faollik davomiyligi o‘sishi kuzatildi (o‘rtacha haftasiga 16 daqiqa). Shuningdek, tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, bu salomatlikni sezilarli darajada yaxshilash uchun ahamiyatsiz ko‘rsatkich sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi