15:48 / 06.10.2016
6 314

LG: “Yonib ketayotgan qurilmalar haqida eshitdingizmi?”

LG: “Yonib ketayotgan qurilmalar haqida eshitdingizmi?”

Avgust oyining boshida global taqdimoti o‘tkazilgan Samsung Galaxy Note 7 fableti, barchaga ma’lumki, batareyadagi nosozlik tufayli foydalanuvchilardan qaytarib olindi, xavfsiz versiyaga almashtirildi, va nihoyat Janubiy Koreyada qayta sotuvga chiqarildi. Ushbu rezonans tufayli Samsung tomonidan nafaqat juda katta moliyaviy mablag‘ sarflandi, balki kompaniyaning iste’molchilar orasidagi obro‘siga ham putur etdi, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.

Garchi endilikda mazkur muammo ancha tin olgan bo‘lsa-da, Janubiy Koreyaning yana bir texnologiya giganti bo‘lgan LG kompaniyasi Divali bayrami arafasida Hindistondagi mijozlariga yuborgan SMS xabarlarda Galaxy Note 7 bilan bog‘liq holatni bilvosita tilga oldi. LG o‘z mijozlariga yuborgan xabarda shunday deyiladi: “Yonib ketayotgan qurilmalar haqida yangiliklarni eshitdingizmi? LG kompaniyasida barcha mahsulotlar mijozlarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir necha bosqichli sinovlardan o‘tkaziladi. LG bilan Divali bayramini bexavotir o‘tkazing!”

Albatta, mazkur xabarda LG o‘zining Janubiy Koreyalik raqibini nazarda tutganini anglash mushkul emas. Motorola ham bunday hazil-xabarni o‘zining Twitter’dagi sahifasida bundan bir oycha muqaddam yozgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG: “Yonib ketayotgan qurilmalar haqida eshitdingizmi?”