Bluetooth SIG (Special Interest Group) va boshqa sertifikatlash hujjatlariga asoslanib, Notebook Italia nashri bergan xabarga ko‘ra Xitoyning Lenovo kompaniyasi 12 dyuymli Yoga Book versiyasini sotuvga chiqarishni rejalashtirgan, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.
IFA-2016 ko‘rgazmasi doirasida ko‘rsatilgan Yoga Book netbuklari (gibrid planshet) mobil sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Modelning ajralib turadigan xususiyati shundaki, unga klaviatura o‘rniga sensorli panel o‘rnatilgan. Shuningdek, panelda yozish uchun Wacom stilusi ham ko‘zda tutilgan.
Hozirda Yoga Book 10 dyuymli ekran versiyasida, Windows va Android platformalarid taqdim etilmoqda. Bluetooth SIG keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, netbukning Lenovo YB-Q501L va YB-Q501F model kodli variantlari tayyorlanmoqda. Geekbanch benchmarkida ushbu modellar Yoga Book12 nomi ostida keltirilgan. Unga 2/4 GB tezkor, Intel Atom x5-Z8550 prosessori va Android 6.0.1 Marshmallow o‘rnatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi