Beeline yangi Bravo Online tarifining ishga tushgani haqida xabar beradi. Endi ushbu tarifda balans $2,99dan $3,99 gacha bo‘lgan mablag‘ga to‘ldirilganda kompaniya abonentlari 7 kunga 200 daqiqani va qo‘shimcha 200 daqiqani dam olish kunlarida tarmoq ichidagi suhbat uchun, shuningdek Telegram, Viber va WhatsApp messenjerlarida muloqot qilish uchun 200 Mb qo‘lga kiritadilar.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Biz mazkur taklifni oddiy aksiyadan bepul muloqot uchun bonusli haqiqiy tarif rejasigacha rivojlantirib oldinga ulkan qadam tashladik. Ko‘plab abonentlarning istaklariga ko‘ra har safar xisob $2,99dan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda bepul daqiqalarni qo‘lga kiritish imkonini uzaytirdik. Bundan tashqari, hisobda mavjud barcha mablag‘lar aloqaning boshqa xizmatlariga sarflash uchun balansda qoladi”.
Yangi Bravo Online tarifida tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlarining daqiqasi $0,02ni tashkil etadi. O‘zbekiston bo‘yicha qolgan chiqish qo‘ng‘iroqlarining daqiqasi - $0,03. Mahalliy SMS‘lar narhi $0,02, Internet – bir megabayt uchun $0,1. Kunlik abonent to‘lovi - $0,06.
Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasi abonentlari uchun tarif rejasiga o‘tish kodi *110*570#. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi