16:48 / 12.10.2016
5 657

iPhone 7 ham yonib ketishni boshladi

iPhone 7 ham yonib ketishni boshladi

Xitoyning Xenan provinsiyasida yashovchi kishi o‘zining pushti rangdagi iPhone 7 smartfonining birdan portlab ketgani haqida ma’lum qildi. Bunday holat Xitoyda ilk bor kuzatilmoqda, deyiladi "Qalampir" nashri xabarida.

Mahalliy OAVning yozishicha, yuz bergan ko‘ngilsiz voqea haqidagi tafsilotlar muhrlangan videotasma internetga joylashtirilgan. Voqea o‘tgan haftada sodir bo‘lgan. Telefonning egasi iPhone 7 videokamerasidan foydalanish chog‘ida kutilmaganda portlab ketgan. Natijada telefon ikki bo‘lakka bo‘linib ketgan, xitoylik kishi esa yuzi va qo‘lidan jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Apple kompaniyasining Xitoydagi vakolatxonasi yuz bergan voqea haqida bosh shtab-kvartiraga ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 7 ham yonib ketishni boshladi