12:49 / 18.10.2016
6 887

LG G5 noyabr oyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadi

LG G5 noyabr oyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadi

LG kompaniyasi so‘nggi paytlarda kuchli texnik parametrlarga ega hamda eng oxirgi dasturiy versiyalar bilan ta’minlangan mobil qurilmalarni tayyorlayotgani barchaga ma’lum. Misol uchun bundan bir oycha oldin namoyish etilgan kompaniyaning LG V20 flagmani Android 7.0 Nougat o‘rnatilgan jahondagi birinchi yangi qurilma bo‘ldi.

Shuningdek, Android 7.0 Nougat versiyasiga Nexus turkumidagi smartfonlar ham birin-ketin yangilandi. Endilikda Android dasturida ishlaydigan boshqa smartfonlarning eng so‘nggi versiyaga yangilanishi kutilmoqda.

Phonearena nashrining Avstraliyaning Optus mobil operatoriga tayanib yozishicha, LG firmasining yana bir flagmani LG G5 shu yilning noyabr oyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanishi mumkin. Hozircha smartfonning aynan qaysi sanada yangi dasturga ega bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG G5 noyabr oyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadi