00:32 / 19.10.2016
7 133

Huawei Full HD ekranli Honor Pad 2 planshetini taqdim etdi

Huawei Full HD ekranli Honor Pad 2 planshetini taqdim etdi

Bugun Xitoyning Huawei kompaniyasi 8-dyuymli Full HD ekran va Qualcomm Snapdragon 616 prosessori bilan jihozlangan Honor Pad 2 planshetining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. Bu borada Terabayt.uz sayti xabar berdi. Qurilmaga 3 GB tezkor va 16/32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Model ergonomik dizaynga ega bo‘lib, Android 6.0 Marshmallow versiyasida ishlaydi, bir nechta rang variasiyalarida sotuvga chiqariladi.

Honor Pad 2 texnik parametrlari:
  • 8-dyuymli 1920x1200 piksel aniqligidagi IPS-ekran;
  • Sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 616 (MSM8939) prosessori (GPU Adreno 405);
  • 3 GB tezkor xotira;
  • 16 yoki 32 GB doimiy xotira (microSD-karta yordamida 128 GBgacha kengaytirish mumkin);
  • Android 6.0 Marshmallow (Emotion UI 4.1 interfeysida);
  • 8 MPli asosiy kamera (LED-chaqnoq va f/2,0 diafragma bilan);
  • 2 MPli old kamera;
  • LTE (VoLTE), Wi-Fi b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS/GLONASS;
  • Batareya sig‘imi — 4 800 mA/st.


Narxlar va versiyalar:
  • 3 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira, faqat Wi-Fi — $148;
  • 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira, faqat Wi-Fi — $192;
  • 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira, Wi-Fi+LTE — $222.

Planshet 25 oktyabrda Xitoyda sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei Full HD ekranli Honor Pad 2 planshetini taqdim etdi