Kodak firmasi o‘zining ikkinchi smartfonini rasman namoyish qildi. Kodak Ektra nomli model Android Marshmallow bazasida ishlaydi. Firma mazkur modelda birinchi smartfoni IM5 qurilmasidagi kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilgan. Eng qizig‘i, smartfon 1941 yilda chiqarilgan afsonaviy Ektra kameralari sharafiga nomlangan.
Smartfonning orqa tomoni kamera uslubida ishlangan, charm panel bilan qoplanganligi bois foydalanish ergonomikasi ancha qulaylashgan. Qurilma 5 dyuymli Full HD ekran bilan jihozlangan bo‘lib, Terabayt.uz saytining yozishicha, uning dizayni Buyuk Britaniyaning Bullitt firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Shubhasiz, Kodak Ektra’dagi eng ahamiyatli xususiyat — uning kameralari: modelga diafragmasi f/2.0, fazali avtofokus bilan quvvatlangan 21 MPli asosiy kamera o‘rnatilgan. Bundan tashqari, asosiy kamerada ikki xil rangdagi chaqnoq va 4K formatida video yozish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Selfi uchun 13 MPli old kamera xizmat qiladi. Shuningdek, smartfondagi maxsus dasturlar yordamida rasm va videolarni tahrirlash, ularga turli effektlar qo‘shish mumkin.
Gadjet MediaTek Helio X20 yordamida ishlaydi, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Sig‘imi 3000 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi. Smartfonga bir qator konvervativ uslubdagi aksessuarlar ham ilova qilinadi.
Kodak Ektra dekabr oyida Buyuk Britaniya va Evropa mamlakatlarida sotuvga chiqariladi. Tavsiya etilgan narxi – 499 evro. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi