00:29 / 22.10.2016
6 197

Samsung flagman smartfonlar uchun 8 GBli LPDDR4 modulni ishlab chiqdi

Samsung flagman smartfonlar uchun 8 GBli LPDDR4 modulni ishlab chiqdi

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi mobil qurilmalar sanoatida birinchilar qatorida 8 GBli LPDDR4 modulni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday modul kelgusida yirik operativ xotiraga ega bo‘lgan kuchli flagman smartfon va planshetlarni tayyorlashgan zamin yaratadi.

Firma muhandislari birgina korpusga 10 nm standartida ishlaydigan 4 ta 16 gigabitli chipni joylashtirishdi. Ushbu prosessor yordamida katta ekranli qurilmalarda Ultra HD formatidagi tasvirlarni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, mazkur prosessor yordamida VR-texnologiya, 4K-video va qo‘sh kamerali yirik tezkor xotira sig‘imini talab qiladigan flagmanlarni tayyorlash ko‘zda tutilgan. 3D News saytining ma’lum qilishicha, yangi xotira tizimi 64-razryadli shinaga ega bo‘lib, ma’lumot o‘tkazish qobiliyati soniyasiga 34 gigabaytni tashkil etadi.

Korpus gabaritlari 15 × 15 × 1,0 mm bo‘lib, uni eng yupqa dizaynli qurilmalarga ham o‘rnatish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, modulni UFS-xotira va mobil jarayon ilovalari bilan integrasiyalash mumkin.

Hozircha modulning qachon sotuvga chiqishiga aniqlik kiritilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung flagman smartfonlar uchun 8 GBli LPDDR4 modulni ishlab chiqdi