Hech qaysi elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya nuqsonli mahsulot tayyorlashdan kafolatlanmagan. Garchi Galaxy Note 7 sabab Samsung kompaniyasi barcha mazkur modeldagi smartfonlarni chaqirib olishni boshlagan bo‘lsa-da, bu holat texnologiya mutaxassislarini unchalik ajablantirmadi. Sababi soha vakillari bunday hodisa istalgan brend bilan yuz berishi mumkinligini yaxshi anglaydilar.
Terabayt.uz saytining 3D Newsga tayanib xabar qilishicha, Samsung kompaniyasining bosh direktori va rais o‘rinborasi Ox Xyun Kvon firma aksionerlari bilan yaqinda o‘tkazilgan yig‘ilishda ishlab chiqariladigan qurilmalarning sifat nazoratini tubdan o‘zgartirishini ma’lum etgan. Biroq rasmiy vakil sifat nazorati tizimining qaysi jabhalarida o‘zgarish yuz berishi yoki mazkur vazifaning qay tarzda bajarilishiga aniqlik kiritmagan. Shunday bo‘lsa-da, ushbu qarorning o‘ziyoq Janubiy Koreya texnologiya gigantining maqsadi jiddiyligini isbotlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasining 2016 yil avgust oyi boshida taqdim etilgan Galaxy Note 7 fableti batareyadagi nosozlik sabab yonib ketishni boshlagan. Jahon bo‘ylab sodir bo‘lgan yuzlab mana shunday holatlar va mijozlarning e’tirozi tufayli kompaniya 11 oktyabrdan boshlab ushbu smartfonni ishlab chiqarishni rasman to‘xtatishga qaror qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi