01:32 / 30.10.2016
7 105

Apple Britaniyada mahsulotlariga narxni 20 foizga oshirdi

Apple Britaniyada mahsulotlariga narxni 20 foizga oshirdi

Apple kompaniyasi ba’zi mahsulotlari narxini Buyuk Britaniyada ogohlantirishsiz 20 foizga oshirdi. Bu Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqish qaroridan keyin funt sterlingning kuchsizlanishini qoplash maqsadida qilingan, deb xabar bermoqda "Kun.uz".

Narx ko‘tarilishi iMac kompyuterlari va MacBook noutbkulariga taalluqli bo‘ldi. Bu qurilmalar bir necha funt sterlingga qimmatlagan.

27 oktyabrda taqdim qilingan 13 dyuymli MacBook Pro endilikda Buyuk Britaniyada 1 ming 449 funt turadi, vaholanki AQShda uning narxi 1 ming 499 dollarni (1 232 funt sterling) tashkil qilmoqda.

Iyundagi Brexit bo‘yicha o‘tkazilgan referendumdan keyin funt sterling dollarga nisbatan 18 foizga qadrsizlandi va shu sababli tahlilchilar turli mahsulotlarga narxlarning oshishini bashorat qilmoqdalar, bu esa britaniyaliklarning real daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Britaniyada mahsulotlariga narxni 20 foizga oshirdi